Nashr etilgan: 2026-08-05

Ishchi chizma nima va u nimalardan iborat?

Ishchi chizma — bino qurish uchun kerak bo‘ladigan aniq o‘lchamli chizmalar to‘plami. Bu eskiz emas: har bir o‘lcham, belgi va material shu yerda ko‘rsatiladi, quruvchi aynan shu hujjat bo‘yicha ishlaydi. Bir qavatli uy uchun odatdagi to‘plam 15–20 varaqdan iborat: genplandan tortib fasad va kesimlargacha.

Eskiz va ishchi chizma o‘rtasidagi farq

Eskiz g‘oyani ko‘rsatadi: bu yerda yotoqxona, bu yerda oshxona. Uni mijozga tushuntirish uchun ishlatiladi va unda aniq o‘lcham bo‘lmasligi mumkin.

Ishchi chizma esa hujjat. Undagi devor qalinligi 380 mm deb yozilgan bo‘lsa, quruvchi aynan 380 mm qiladi. Xato bo‘lsa — u qurilishda pul bo‘lib chiqadi.

To‘plamga nimalar kiradi

Quyida bir qavatli yoki ikki qavatli uy uchun standart to‘plam. Aynan shu ro‘yxat bo‘yicha Art Deco Study’ning AutoCAD kursida ishlanadi.

  • Genplan (Ген. план) — uyning yer uchastkasidagi joylashuvi
  • Kotlovan va poydevor yostig‘i rejasi
  • Ustunlar joylashuvi rejasi
  • Qavatlar rejasi — yerto‘la, 1-qavat, 2-qavat
  • Yopma rejalari — har bir qavat uchun alohida
  • Mebel joylashuvi rejalari
  • Tom (kровля) rejasi
  • Kesimlar — kamida 1-1 va 2-2
  • Fasadlar — bosh va yon fasad, o‘qlar bo‘yicha

Nega buni bilish muhim

Loyiha byurosida ishga kirayotgan odamdan birinchi so‘raladigan narsa — to‘plamni to‘liq chiza olasizmi degan savol. Faqat plan chizishni biladigan odam yordamchi bo‘lib qoladi.

Frilansda ham shunday: mijoz «uy loyihasi» so‘raganda u aynan shu to‘plamni nazarda tutadi, bitta chiroyli planni emas.

Shuning uchun o‘qishning natijasi «AutoCAD’ni bilaman» emas, «to‘plamni mustaqil chizaman» bo‘lishi kerak.

Shu mavzu bo‘yicha kurs

AutoCAD — arxitekturaviy loyihalash kursi

3 oy · 36 dars · 1 200 000 so‘m / oyiga

Batafsil