Interyer dizayneri: kasbga kirish yo‘li
Interyer dizayneri bo‘lish uchun rasm chizishni bilish shart emas — kerak bo‘lgani fazoviy fikrlash va 3D dasturda g‘oyani ko‘rsata olish. Amalda mijoz eskiz emas, render ko‘rmoqchi. Shuning uchun kasbga kirish yo‘li 3Ds Max’dan boshlanadi: xonani modellashtirish, material va yorug‘likni sozlash, sifatli render olish. Art Deco Study’da bu 3 oy va yakunida portfolioda 5 ta loyiha qoladi.
Nima ish qiladi
- Xonaning planirovkasini ishlab chiqish: zonalar, o‘tish yo‘llari, mebel joylashuvi
- Stil va material tanlash, rang yechimini shakllantirish
- 3D model qurish va render tayyorlash — mijoz aynan shuni ko‘radi
- Yoritish stsenariysini o‘ylash: kunduzgi va sun’iy yorug‘lik
- Ish chizmalarini tayyorlash: rozetka, yoritgich, mebel o‘lchamlari
Boshlash uchun nima kerak
- Fazoviy tasavvur — o‘lchamni ko‘rib, xonani tasavvur qila olish
- 3Ds Max’ni modellashtirish va render darajasida bilish
- Stillar haqida tasavvur: minimalizm, klassika, neoklassika, loft
- Material va yorug‘likni his qilish — render sifatining yarmi shunda
- Mijoz bilan gaplasha olish: didni so‘rash va uni yechimga aylantirish
Qaysi dasturlar kerak
- 013Ds Max (3D Max, 3д макс) — modellashtirish va render uchun asosiy dastur
- 02Corona yoki V-Ray — render moduli
- 03AutoCAD (автокад) — planirovka va ishchi chizmalar uchun
- 04Photoshop — renderdan keyingi post-produksiya
Toshkentda bozor holati
Interyer dizayni Toshkentda eng ko‘p frilans buyurtma keladigan yo‘nalishlardan biri: kvartira remonti, kafe, ofis, do‘kon.
Boshlovchi odatda bitta xonadan boshlaydi — yotoqxona yoki mehmonxona renderi. Narx portfoliodan kelib chiqadi, tajriba yilidan emas.
Katta loyihalarda dizayner arxitektor va quruvchi bilan birga ishlaydi, shuning uchun chizmani o‘qiy olish qo‘shimcha ustunlik beradi.
Halol gapiramiz: birinchi buyurtmani portfoliosiz olish qiyin. Shuning uchun o‘qish davomida bajarilgan loyihalar — bu sizning birinchi sarmoyangiz.
Shu kasb uchun kurs
3Ds Max — interyer va eksteryer loyihalash kursi
3 oy · 36 dars · 1 200 000 so‘m / oyiga
Boshqa kasb

